Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘lini qurish ishlari boshlanadi
Qozog‘iston tomoni Turkistondan Toshkentga qadar tezyurar temir yo‘li qurilishi boshlanishi haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, yangi temir yo‘ldan kutilayotgan natijalar haqida axborot berildi.
Yaqin muddatda Qozog‘iston tomonidan Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘li qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qildi.
«Ushbu loyiha turizm sohasida yangi 22 ming ish o‘rnini yaratib, sayyohlar oqimini 50 foizga ko‘paytirishga yordam beradi. Shuningdek, iqtisodiyotning turdosh sohalarida 100 ming ish o‘rni yaratiladi», – dedi mamlakat bosh vaziri.
Maminning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘istonda ichki turizm salohiyati 4,5 million sayyohni jalb etgan. Turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5,2 foizni tashkil etgan.
Avvalroq, Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘li qurilishini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar muhokama qilgan edi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yo‘li hamda «Uchquduq – Qizilo‘rda» transport yo‘lagi qurilishi haqida so‘z yuritilgandi.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
18:31 / 18.09.2024
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
21:11 / 17.09.2024