
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, uçraşuv çoğida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika sohalarida köp qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat örtasidagi investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş böyiça özaro aloqalarning borişi atrofliça körib çiqildi. Maşinasozlik, agrosanoat majmuasi, çorvaçilik, yengil, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati sohalarida işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qöşma investitsiyaviy loyihalar sonini köpaytiriş böyiça keyingi qadamlar belgilab olindi.

Muzokaralar kun tartibi doirasida ikki tomonlama savdo-sotiqning yanada ösişini ta'minlaş, uning tarkibini diversifikatsiya qiliş, şuningdek, iqtisodiy hamkorlikning yangi uzoq muddatli şakllarini, jumladan, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş çora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça qöyilgan vazifani faqat ikki mamlakat tegişli vazirlik va idoralarining özaro savdo, bojxona qoidalari, standartlarini soddalaştiriş va muvofiqlaştiriş, bojxona axborot tizimlarini integratsiyalaş, zamonaviy logistika markazlari quriş, çegara punktlarini rekonstruksiya qiliş, zamonaviylaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan işlarini olib borişi orqali amalga oşiriş mumkinligi qayd etildi.

“Markaziy Osiyo” Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini (XSIHM) yaratiş böyiça birgalikdagi amaliy işlarni davom ettiriş töğrisida kelişuvga erişildi.
Şuningdek, tovarlarni uzluksiz yetkazib beriş, tranzit salohiyatini oşiriş va özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida ikki mamlakatning tegişli vazirliklari va idoralari tomonidan Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda çuqurlaştiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasini ("Yöl xaritasi") öz vaqtida va töliq amalga oşiriş uçun zarur çoralar körişga kelişib olindi.

Bundan taşqari, uşbu sohada mavjud masalalarni körib çiqiş, özaro savdo hajmini oşiriş, transport infratuzilmasini takomillaştiriş, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş böyiça istiqbolli takliflarni işlab çiqiş uçun muntazam ravişda ikki tomonlama ekspert maslahatlaşuvlari taşkil etiladi.

















