Jamiyat | 11:42 / 17.02.2017
12782
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri AQSh davlat kotibligidan keyin nima bilan band?

AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerri Yyel universiteti ta'lim dasturiga mas'ul bo‘ladi. U kelasi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi, deb xabar berdi Associated Press agentligi.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, dastur global muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi. Kerri seminarlar o‘tkazib, talabalar bilan “tan olinmagan davlatlar, avtoritarizm chaqiruvi, zo‘ravonli ekstremizm hamda iqlim o‘zgarishi” kabi mavzularni muhokama qiladi. Universitet rahbariyati yangi dastur yangi siyosiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam berishidan umidvor, deb xabar qiladi agentlik.

Jon Kerrining o‘zi ham Yyel universitetini 1966 yilda tamomlagan.

Ma'lumot uchun, Yyel universiteti AQShdagi xususiy tadqiqot universiteti bo‘lib, mamlakatdagi mustaqillik uchun urushgacha bo‘lgan davrda tashkil etilgan. U Harvard va Prinston universitetlari bilan birgalikda o‘ziga xos “katta uchlik”ni tashkil qiladi.

Mavzuga oid