Fan-texnika | 20:58 / 10.11.2016
12437
1 daqiqa o‘qiladi

Bloger kompyuterlar "qotilini" yaratdi

Videobloger Tomas Kim istalgan shaxsiy kompyuterni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan USB-qurilmani mustaqil ravishda yig‘ish mumkinligini namoyish qildi. Kompyuterlar "USB-qotili"ni yaratish uchun unga fotoapparat chaqnog‘i (vspishkasi), batareyka, USB-qurilmaning bir qismi va ba'zi boshqa detallar kerak bo‘ldi. 

"Fleshka" kompyuterga ulanganda bosh plataga yuqori kuchlanish beradi. Ko‘pchilik kompyuterlarning USB-porti kuchlanish sakrashlaridan himoyalanmagani sababli, kompyuter tezda ishdan chiqadi. Bloger ushbu qurilmani yaratish va kompyuterning ishdan chiqishi jarayonini YouTube’da namoyish qildi.

Ta'kidlanishicha, shunga o‘xshash "qotil-fleshkalar" 49 dollardan sotiladi. Qurilmaga berilgan izohda u USB-portni tekshirish uchun mo‘ljallangani aytilgan.

Mavzuga oid