Kaliforniyada Apple-1 modelidagi 200 kompyuterdan biri 400 ming dollarga sotildi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bu modeldagi kompyuterlarni 1976 yilda Apple asosçilari şaxsan Stiv Voznyak va Stiv Jobs yiğib çiqqan. Jami 175 dona kompyuter sotilgan bölib, dunyo böyiça 20 donaga yaqin kompyuter işlaydigan holatda saqlangan.

Auksion saytida xabar qilinişiça, kompyuterning sistema bloki Havayida ösadigan koa daraxti yoğoçidan tayyorlangan. Unga 1986 yilda işlab çiqarilgan Panasonic monitori va ikkita kassetada Apple dasturiy ta'minoti qöşimça qilingan.

Kompyuterning birinçi egasi universitet professori bölgan, u 1977 yilda uni öz talabasiga 650 dollarga sotgan.

2014 yilda Apple-1 kompyuteri kimoşdi savdosida 905 ming dollarga sotilgan, deb yozadi agentlik.