O‘zbekiston | 17:00 / 11.01.2018
10313
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda daromadlar yalpi deklaratsiya qilish amaliyotiga o‘tilgani yo‘q

O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka asosan deklaratsiya tartibida daromadlarni taqdim etish va undan daromad solig‘ini to‘lash ayrim toifalarga qarab belgilangan. Ya'ni, O‘zbekistonda yalpi deklaratsiyaga o‘tilgani yo‘q. XPKning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nazarali Norboyev KUN.UZ muxbiri savoliga shu tarzda javob berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nazarali Norboyev

“Bizda hali yalpi soliq deklaratsiyasiga o‘tilgani yo‘q. Shundan kelib chiqib oydinlik kiritmoqchiman, bizda kimlar deklaratsiya topshiradi? Asosiy ish joyidan boshqa daromadlari bo‘lgan fuqarolar, ikki yoki undan ortiq manbalardan daromad oladigan bo‘lsa, mol-mulki, uy-joyini ijaraga beruvchilar, ular xoh amaldor, tadbirkor yoxud oddiy fuqaro bo‘lsin, deklaratsiya to‘ldiradi va undan daromad solig‘i to‘laydi”, - dedi Norboyev. 

Uning aytishicha, KUN.UZ muxbiriga blits intervyusida aytishicha, shu yilning sentabr oyiga qadar O‘zbekistonda davlat mulozimlarining daromadlarini xalqqa ko‘rsatish tizimi ishlab chiqilib, yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid