Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davriy bojxona to‘lovlari uchun grafik rasmiylashtirish qoidalari e’lon qilindi
“Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini taqdim etish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Adliya vazirligida “Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ro‘yxat raqami — 3724, ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana — 2025 yil 12 dekabr.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, grafik deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda bojxona organiga taqdim etiladi:
tovar(lar)ni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda davriy bojxona to‘lovlarini har oyda yoki yilning har choragida to‘lash ma’lum qilingan taqdirda;
bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash lozim bo‘lganda.
Shuningdek, bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD) qog‘oz shaklda bojxona organiga taqdim etilgan taqdirda, grafik ham qog‘oz ko‘rinishida A4 formatdagi 4 nusxada rasmiylashtirilishi belgilangan. Nusxalar quyidagicha taqsimlanadi:
- 1-nusxa — bojxona posti uchun;
- 2-nusxa — deklaratsiyalovchi shaxs uchun;
- 3- va 4-nusxalar — deklarant uchun.
Qayd etilishicha, grafikning har bir nusxasi deklaratsiyalovchi shaxs hamda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:12 / 04.05.2026
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:14 / 20.04.2026