Jamiyat | 22:22 / 10.02.2017
11684
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar Buyuk Britaniyada xizmat safarida bo‘lishdi

Joriy yilning 20 yanvar – 3 fevral kunlari 2016 yilda o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 42 nafar maktab o‘qituvchisi  Buyuk Britaniyaning Glazgo Kaledonian (Glasgow Caledonian University, Scotland) universitetida xizmat safarida bo‘lishdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xizmat safari davomida o‘zbekistonlik ingliz  tili o‘qituvchilari Glazgo shahrida joylashgan Glazgo akademiyasi va maktablarga tashrif buyurishib, u yerda “O‘zbekistonning madaniyati  va urf-odatlari”, “Ta'lim tizimi” kabi mavzularda taqdimotlar qildilar.

O‘quvlar yakunida o‘zbekistonlik o‘qituvchilarga xorijiy universitet o‘qituvchilari oldida ingliz tilidagi taqdimotlarini muvaffaqiyatli himoya qilishgani uchun “ARCHIVEMENT SERTIFICAT” sertifikatlar topshirildi. Mazkur sertifikatlar o‘tgan yilgi va boshqa sertifikatlardan farqli ravishda xalqaro trenerlik qilish vakolatini beradi.

Shuningdek, o‘qituvchilarimiz tomonidan O‘zbekistonda 25 yilda erishilgan yutuqlar, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ayniqsa chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan o‘zgarishlar xususida keng ma'lumotlar berildi va universitet xalqaro bo‘limida alohida burchak tashkil etilib, u yerga O‘zbekiston bayrog‘i va esdalik sovg‘alari joylashtirildi.

Ushbu o‘qituvchilar joriy yilning mart-dekabr oylari ingliz tili o‘qituvchilari uchun tayanch maktablar bazasida o‘tkaziladigan o‘quvlarda hamda 5-sinflar uchun qayta ishlanayotgan ingliz tili darsliklardan foydalanishni o‘rgatishga doir maxsus kurslarda trenerlik kurslariga jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid