Sport | 07:48 / 02.02.2017
3643
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya kubogi. Totti 97-daqiqada gol kiritib, «Roma»ni yarim finalga olib chiqdi

Italiya kubogining chorak final uchrashuvida «Roma» o‘z uyida «Chezena» ustidan g‘alaba qozondi. 

Hisobni 68-daqiqada mezbonlar hujumchisi Edin Djyeko ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib Luka Garritano hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 97-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirgan Totti rimliklarga g‘alaba keltirdi. 

Yarim finalda «Roma» «Latsio» bilan kuch sinashadi. 

Italiya kubogi, 1/4 final

Roma – Chezena 2:1 (0:0)
Gollar: 
Djyeko (68), Totti (90+7, penalti) – Garritano (73).

Roma: Alisson, Manolas, Jyezus (Nainggolan, 46), Mariu Ruy, Ryudiger, Perotti (Djyeko, 21), Paredes, Ash-Shaaravi (Emerson, 82), Strotman, Bruno Peres, Totti.
Chezena: Alyardi, Rijone, Liji, Rentsetti, Pertikone, Laribi (Garritano, 57), Kone, Vitale, Baltsano, Chiano (Kokko, 73), Rodriges (Paniko, 86).
Ogohlantirishlar: Laribi (44), Garritano (69), Rodriges (84), Manolas (90).

Mavzuga oid