Çorşanba oqşomida Milandagi «San Siro»da Italiya kubogining ilk finalçisi aniqlandi – mehmon «Latsio» yagona gol evaziga «Milan»ni mağlub etib, oxirgi uç mavsumda ikkinçi marotaba kubok finaliga çiqdi.
Fevral oyi oxirida Latsioda bölib ötgan dastlabki öyinda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Milandagi öyin taqdirini esa 58-daqiqadagi qarşi hujumda Çiro Immobilening pasidan keyin darvozani işğol etgan Xoakin Korreaning yagona goli hal etdi.
#CoppaItalia 🇮🇹| ¡A la final por el Tucu! Joaquin Correa 🇦🇷 marcó el gol de la #Lazio para vencer 1-0 al #Milan y así meterse en la final del torneo 👏🏽 pic.twitter.com/NCDWV56pHl
— Zona 10 (@Zona10_ok) April 24, 2019
Simeone Inzagi jamoasi hal qiluvçi bahsda «Atalanta»-«Fiorentina» juftligi ğolibiga töqnaş keladi. Florensiyadagi ilk öyinda 3:3 hisobini qayd etgan jamoalar bugun Bergamoda javob bahsini ötkazişadi.
Qayd etiş kerak, «Latsio» öz tarixida 9 marta mamlakat kubogi finalida öynab, ulardan 6tasida ğolib bölgan. Jamoa 2017 yilda ham oxirigaça yetib borib, «Yuventus»ga 0:2 hisobida yutqazgan edi.
Italiya kubogi finali 15 may kuni Rimdagi «Stadio Olimpiko»da bölib ötadi.
Italiya kubogi
1/2 final javob uçraşuvi, 24 aprel
Milan – Latsio 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Korrea.
Milan – Reyna, Kaldara (Kutrone, 65), Romanoli, Kalabriya (Konti, 40), Musakko, Bakayoko, Laksalt, Kastilexo (Çalxanoglu, 57), Kessie, Suso, Piontek.
Latsio – Strakoşa, Luis Felipe, Açerbi, Baştuş, Romulo, Luis Alberto (Badel, 85), Luliç, Korrea (Kaysedo, 75), Milinkoviç-Saviç (Parolo, 15), Leyva, Immobile.
Ogohlantirişlar: Luis Felipe (37), Musakko (70), Kaysedo (78), Bakayoko (79).
Dastlabki öyin: 0:0








