Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari kamaytiriladi
Prezident “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Foto: Kun.uz
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi, yuridik shaxslar tabiiy gazni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini kiritadi:
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytirish. Bunda uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (agar 2021 yil 1 sentabrga qadar kuchga kirgan bitim va shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) doirasida qazib olishni amalga oshiruvchi davlat ulushiga ega korxonalar uchun, O‘zbekiston prezidenti tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning oshirilgan stavkalari belgilanishi mumkin;
- yer qa’ridan foydalanuvchilarning kapital xarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish (ajratib olish)ni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi solig‘ini joriy etish;
- yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkani qo‘llash;
- ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish. Bunda, 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblashda soliq bazasi ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilanadi;
- noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;
- renta daromadi solig‘ini to‘lovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?
Jahon | 09:00
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 08:50
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi

19:48 / 29.04.2024
Kamyob metallar bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi

22:22 / 11.03.2024