Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligi, raqamlashtirish va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi eng namunali idoralar sifatida e’tirof etildi.
Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Adliya vazirligi eng namunali vazirlik deb topildi. Ta’kidlanishicha, vazirlik qisqa vaqt ichida zamonaviy, ochiq va raqamli adliya institutiga aylandi. Ayni paytda 30 ta platforma orqali 380 ta to‘liq raqamlashtirilgan xizmat ko‘rsatilmoqda, 780 dan ortiq xizmatdan esa onlayn foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi. Qayd etilishicha, geologiya-qidiruv ishlarida suv sarfi 20 foizga qisqartirilgan, asosiy konchilik uskunalarini mahalliylashtirish darajasi esa 84 foizga yetkazilgan.
Ichki ishlar vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun eng namunali idora deb tan olindi. Bugungi kunda vazirlik xizmatlarining 95 foizi to‘liq raqamli shaklda taqdim etilmoqda. Shuningdek, tarqoq bo‘lgan 72 ta ma’lumotlar bazasi yagona «Xavfsiz shahar» tizimiga birlashtirilgan.
Tadbirda bir qator davlat xizmatchilari ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi. Prezident g‘oliblarning lavozimlarini bir pog‘ona oshirish va ularni rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev kelgusi bosqichdan boshlab «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturida mahalliy hokimliklar ham ishtirok etishini ma’lum qildi. Prezidentga ko‘ra, islohotlar natijasi, avvalo, tuman va shahar darajasida sezilishi kerak.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
20:05 / 09.06.2026
Prezidentga tog‘-kon sanoati va geologiyada raqamli texnologiyalarni joriy qilish rejalari taqdim etildi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
10:24 / 24.05.2026