Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga bordi
O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida davlat rahbarlari urushda halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi, urush dastidan besh o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.


Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sun’iy tepalik cho‘qqisida “Abadiy jasorat” kompozitsiyasi – Sovet Ittifoqi qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan barcha o‘zbekistonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan.
Tepalik ichida bog‘ning asosiy paviloni – O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan Shon-sharaf muzeyi joylashgan.

Yetakchilar muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishib, shonli o‘tmishimiz haqidagi xotirani asrab-avaylash muhimligini ta’kidladi. Tarixiy merosni e’zozlash yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash va xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.


Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
08:52 / 04.12.2025