Jamiyat | 17:30 / 24.01.2019
32416
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushdi

Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i B.Q. fuqaro B.M. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro S.R.dan Buxoro shahar hokimligi tasarrufidagi kam ta'minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish uchun pora olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda hokimlik mutasaddisi talab qilgan 1200 dollarning 500 dollarini olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.Q. va B.M.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid