19 noyabr kuni Buxoro davlat universiteti professori, tarixçi olim, pedagog Sulaymon Inoyatov 87 yoşida vafot etdi. Bu haqda Buxoro davlat universiteti rasmiy telegram kanalida xabar qilindi.
Sulaymon Inoyatov 1938 yil 12 mart kuni Şexon qişloğida Inoyatxöja Atoullayev (1890—1987) va Supiya Inoyatova (1900—1983) oilasida tuğilgan. Oilaning kelib çiqişi Buxorodagi maşhur Xöjayevlar sulolasiga borib taqaladi.
Inoyatov 1956-1961 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. 1984-1989 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, 1989-1992 yillarda ilmiy işlar böyiça prorektor, 1992-1995 yillar davomida universitetning tarix fakulteti dekani lavozimlarida işlagan.
Sulaymon Inoyatov 10 ta monografiya, 15 dan ziyod öquv-uslubiy qöllanma, 300dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Ön minglab şogirdlarga ustozlik qilgan. 2023 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Kun.uz marhumning yaqinlari, döstlari va şogirdlariga çuqur hamdardlik bildiradi.
Oldinroq Kun.uz muxbiri Sulaymon Inoyatov bilan Fayzulla Xöjayev haqida suhbat qilgan edi.








