Jamiyat | 09:51 / 21.11.2024
3571
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida Buxoroning ba’zi mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

Bunda:

Buxoro shahar S.Boxarziy, Mutal Burhonov mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 159 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21 noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga;

G‘ijduvon tuman G‘ovshun», Saidkent, Biyosin, Tarxanon, Xatcha, O‘zanon, Mazragon, Mahalla Mirzayon mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 325 mmli o‘rta bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21  noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga;

Qorovulbozor tuman Cho‘lquvar mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 40 mmli past bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun, 21 noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid