Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yangi bosh vazir tanlandi
Foto: AP
Avstraliyadagi hukmron Liberal partiya Skott Morrisonni hukumat g‘aznachisi etib sayladi, u mamlakatning bosh vaziriga aylanadi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Partiya yetakchisining saylovlari 24 avgust, juma kuni liberallarning parlament fraksiyasi majlisida bo‘lib o‘tdi.
Kecha Avstraliya sobiq bosh vaziri Malkolm Ternbull hamkasblari partiyaning yangi yetakchisini saylaydigan bo‘lsa, siyosatdan ketishi haqida ma'lum qilgandi.
Ta'kidlanishicha, Morrisondan tashqari partiya yetakchisi lavozimiga sobiq ichki ishlar vaziri Piter Datton va tashqi ishlar vaziri Juli Bishop ham da'vogarlik qilgan.
Morrison ovoz berishning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi, u 40ta ovoz olgan raqibidan beshta ko‘proq ovozni to‘play oldi.
Mavzuga oid
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025