Sport | 12:41 / 08.03.2022
26446
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarimo‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik Isroil Madrimov va fransiyalik Mishel Soro o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishini e’lon qildi.

Foto: O‘BF

Ikkala bokschi 2021 yili 17 dekabrda Toshkentda ringda kuch sinashishgan va rasmiy qarorga ko‘ra, Madrimov 9-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi

Ammo Soro jamoasi hal qiluvchi zarbalar raund yakunlangani to‘g‘risidagi gong jaranglagandan keyin berilganini, referi bahsni vaqtida to‘xtatmaganini asos qilib, rasman revansh jangini talab qildi.

WBA ishni har tomonlama o‘rganib chiqib, o‘z qoidalarining C.26 bandiga tayangan holda Soro jamoasining talabini qabul qildi. 

Endi tomonlar muzokara o‘tkazib, 30 kun ichida revansh jangi sanasini kelishib olishi shart.

Mavzuga oid