Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Foto: arxiv.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rilgan masalalar qatorida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Masalan, Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus kabi sanoatlashgan shaharlarda havoning chang bilan ifloslanish darajasi sanitar me'yordan o‘rta hisobda 2,7 barobar ortgani kuzatilgan.
Shu bois, Ekologiya davlat qo‘mitasi mutasaddilariga xalqaro tajriba asosida atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Yig‘ilishda o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Masalan, o‘tgan yili hayvonot va o‘simlik dunyosi bo‘yicha 3 ming 782 ta huquqbuzarlik va brakon'yerlik holatlari aniqlangan. 8 ta davlat qo‘riqxonasidan 6 tasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida, 2 tasi Geologiya va Ekologiya qo‘mitalari tasarrufida bo‘lib, ularni boshqarishda yagona tizim mavjud emas. Shu bois, qo‘riqxonalarni yagona davlat organiga biriktirish masalasini o‘rganib, asosli takliflar ishlab chiqish zarurligi ta'kidlandi.
Chiqindilarni to‘plash va tashish ishlarini doimiy nazorat qilish, aholining bu boradagi madaniyati va mas'uliyatini oshirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Bu boradagi ishlar zamirida odamlarning sog‘lig‘i, turmush farovonligi yotibdi. Shu bois, bu masala bilan har bir tumanda va doimiy shug‘ullanish kerak, dedi davlatimiz rahbari.
Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
14:12 / 11.01.2025
Toshkentda atrof-muhitni muhofaza qilish muzeyi tashkil etiladi
15:47 / 04.12.2024
Yevropada bo‘rilarni muhofaza qilish maqomi 2025 yildan boshlab pasaytiriladi. Ularni ovlash osonlashishi mumkin
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
18:18 / 12.11.2024