O‘zbekiston | 11:11 / 16.04.2021
2906
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston - mintaqa vakillari Farg‘onada uchrashadi

Farg‘ona shahrida 22 aprel kuni Farg‘ona (O‘zbekiston), Batken (Qirg‘iziston) va So‘g‘d (Tojikiston) viloyatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 22 aprel kuni Qirg‘izistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev va Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi ikki qo‘shni davlat viloyatlari rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.

23 aprel kuni Farg‘ona shahrida «Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi» mavzusida xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Biznes-forum doirasida har uchala davlatning sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorligi bo‘yicha yig‘ilishlar hamda B2B va G2B uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, biznes-forum tadbirlari doirasida, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarining Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etishi, viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi majmualari faoliyati bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid