Qirğiziston Boş prokuraturasi Qamçibek Taşiyevga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblov dalolatnomasini tasdiqladi. Kaktus.media xabariga köra, bu haqda advokat Ikromidin Aytqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Himoyaçining sözlariga köra, Taşiyev hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga tayyorgarlik köriş va mansab mavqeini suiiste’mol qilişda ayblanmoqda. Iş mazmunan körib çiqiş uçun Bişkekning Pervomayskiy tuman sudiga yuborilgan. Iş böyiça jami sakkiz nafar ayblanuvçi, jumladan, Taşiyevning özi ham bor.

Advokatning ta’kidlaşiça, iş materiallari maxfiylaştirilgan, sud majlislari yopiq tarzda ötkaziladi, tergov va sud ma’lumotlarini oşkor etiş taqiqlanadi.

Avvalroq, Taşiyev işning boşqa iştirokçilari, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev va parlamentning sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli bilan birga IIV Tergov boş boşqarmasiga bir neça soat davom etgan söroq uçun çaqirilgani xabar qilingandi.

Söroqdan söng Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari özining aybsizligini e’lon qilib, «qonun oldida pok» ekanini va özini huquqiy maydonda himoya qiliş niyatida ekanini aytdi.

Keyinçalik Taşiyev va boşqalarning qayta söroq qilingani, şuningdek, sobiq MXDQ rahbariga hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş yoki uşlab turiş va mansab vakolatini suiiste’mol qiliş moddalari böyiça ayblovlar qöyilgani ma’lum böldi.

Rasmiy organlar Qamçibek Taşiyev işi böyiça ma’lumotlarni oşkor qilmayapti.

Huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga köra, tergov «75 odam xati» bilan boğliq. Fevral oyida 75 kişi prezident Sadir Japarov va Jogorku Keneş raisi nomiga muddatidan oldin prezidentlik saylovini ötkazişga çaqiruvçi murojaat yöllagani ma’lum böldi. Şundan söng, Qamçibek Taşiyev MXDQ rahbari va Vazirlar Mahkamasi rahbari örinbosari lavozimlaridan ozod etildi; Milliy xavfsizlik davlat qömitasi qayta taşkil etildi; bir qator yuqori martabali amaldorlar lavozimidan mahrum etildi; Nurlanbek Turğunbek öğli parlament spikeri vakolatlarini zimmasidan soqit qildi va deputatlik mandatini topşirdi; Qurmanqul Zuluşev ham deputatlik mandatini topşirdi.