O‘zbekiston | 08:38 / 31.03.2021
14809
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida yangi mahallalar tashkil etiladi

Foto: LiveJournal

Toshkent shahar hokimining “Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo‘lish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini o‘zgartirish va belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining “Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo‘lish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini o‘zgartirish va belgilash to‘g‘risida”gi takliflari ma'qullanadi.

Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 529ta deb yuritiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga bo‘linayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan mahallalarning nomlari ro‘yxati

“Kamolot” mahallasi

  • Aholi soni: 5104 nafar;
  • Oila soni: 1489ta;
  • Xonadonlar soni: 1276ta.

“Yangi Kamolot” mahallasi

  • Aholi soni: 5946 nafar.
  • Oila soni: 2325ta;
  • Xonadonlar soni: 1699ta.

“Olmachi” mahallasi

  • Aholi soni: 5045 nafar;      
  • Oila soni: 2005ta;               
  • Xonadonlar soni: 2054ta.          

“Yangi Olmachi” mahallasi

  • Aholi soni: 4524 nafar;
  • Oila soni: 1571ta;
  • Xonadonlar soni: 1255ta.

“Oqqo‘rg‘on” mahallasi

  • Aholi soni: 6830 nafar;
  • Oila soni: 3488ta;
  • Xonadonlar soni: 1903ta.

“Oydin” mahallasi

  • Aholi: 2071 nafar;
  • Oila soni: 986ta;
  • Xonadonlar soni: 591ta.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid