Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada portlash oqibatida yuqori martabali general halok bo‘ldi
RF qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Fanil Sarvarov halok bo‘lgan.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida yengil avtomobilda ro‘y bergan portlash oqibatida general Fanil Sarvarov og‘ir tan jarohati oldi va halok bo‘ldi. U Rossiya Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan.
«22 dekabr kuni ertalab Moskvaning Yasenova ko‘chasida avtomobil ostiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirildi. Olingan tan jarohatlari oqibatida Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Fanil Sarvarov vafot etdi», – deya ma’lum qildi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenko.
Oldinroq OAV va Tergov qo‘mitasi Yasenova ko‘chasida avtomobil portlashi oqibatida uning ichidagi noma’lum shaxs jarohatlangani to‘g‘risida xabar bergandi. Telegram-kanallarda bu general Sarvarov bo‘lgani haqida versiya ilgari surirlgandi.

Tergov qo‘mitasi ko‘pchilik uchun xavfli usulda odam o‘ldirish va portlovchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.
«Tergov qotillikning turli versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilgani bilan bog‘liq versiya», – deyiladi qo‘mita matbuot xabarida.
Ukraina generalning o‘ldirilishi yuzasidan rasman munosabat bildirmagan.
Shot va Baza telegram-tabloidlari tongda portlash oqibatida turar joy avtoturargohida turgan Kia Sorento rusumli avtomobil portlab ketgani haqida xabar tarqatgandi.
Uning ichidagi 56 yoshli haydovchi avtomobil ichida qolib ketgan, ammo keyinroq qutqarilgan va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bergandi RBK.

Sarvarov 1990 yilda Qozon oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan, keyinchalik Malinovskiy nomidagi zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasida va Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasida tahsil olgan.
«Kommersant» gazetasi yozishicha, u akademiyani tamomlagach, Bosh shtabning bosh operativ boshqarmasi va Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining operativ tayyorgarlik boshqarmasida xizmatni davom ettirgan. 2016 yildan buyon boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sarvarov Chechenistondagi harbiy harakatlarda qatnashgan, 2015–2016 yillarda «Suriyada operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni bajargan».
2024 yil may oyida Rossiya prezidenti farmoni bilan unga general-leytenant unvoni berilgan.
Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri yuqori martabali rossiyalik harbiyga qarshi uyushtirilgan ilk suiqasd emas.
2024 yil 17 dekabrda Moskvadagi turar joy binosi atrofida portlash ro‘y berib, Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov hamda uning yordamchisi Ilya Polikarpov halok bo‘lgandi.
Joriy yil oktyabrida Tergov qo‘mitasi Kirillovning o‘limiga sabab bo‘lgan terakt ishi bo‘yicha to‘rt figurantga nisbatan surishtiruv ishlarini yakunladi, bular – Ahmadjon Qurbonov, Robert Safaryan, Botuxon Tojiyev va Ramazon Padiyev. Tergov versiyasiga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘i bo‘yicha portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan elektrosamokat Kirillov yashagan uyning pod’yezdi oldida qoldirilgan.
Mavzuga oid
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
09:53 / 23.12.2025