Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cashback ilk bor O‘zbekistonda: endi pullaringiz o‘zingizga qaytariladi
Foto: KUN.UZ
23 noyabr kuni International mehmonxonasida Hi-Tech Bank tomonidan yangi xizmat turining taqdimoti o‘tkazildi.
Hi-Tech Bank o‘z mijozlari uchun Cashback xizmatini joriy qilgan O‘zbekistondagi birinchi bankka aylandi. Hozircha mamlakatda faoliyat olib borayotgan hech bir bank mazkur tizimni joriy qilmagan. Xo‘sh, bu xizmatning afzalligi nimada? U mijozlarga qanday qulayliklar taqdim etadi?
CashBack - bu Hi-Tech Bank tomonidan beriluvchi maxsus plastik kartalari egalariga taqdim etiluvchi yangicha xizmat turi. Unga ko‘ra, karta egasi qandaydir xarid yoki to‘lovni amalga oshirsa, uning hisobiga xarajatning ma'lum bir foizi qaytarib beriladi. Albatta, qaytariluvchi foiz mahsulot turiga bog‘liq bo‘lib, xarid qiymatining 25 foizigacha qismi hisobga tushadi.
Qayerda CashBack xizmati amalga oshiriladi?
Mazkur xizmatdan faqatgina Hi-Tech Bank’ning Cash Back xizmati bo‘yicha hamkorlari bilan amalga oshirilgan xaridlar vaqtida foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda bankning yangi xizmati bo‘yicha 200dan ortiq hamkorlari bo‘lib, ular orasida mobil aloqa operatorlari, internet provayderlar, restoran, kafelar, to‘y liboslari salonlari, savdo nuqtalari, do‘kon va boshqalarni uchratish mumkin.
Taqdimotda Hi-Tech Bank direktorlar kengashi a'zolari yangi xizmat turi bilan tanishtirishdi.
“Cashback plastik kartasi – endilikda o‘z egasiga sarflangan xarajatlar uchun chinakam zavq bag‘ishlaydigan kartadir. Cashback dasturi – yangi HiTechBank’ning dastlabki jiddiy qadamidir. Ishonch bilan aytamizki, bu so‘nggi yangilik emas, mijozlarga bundanda ko‘proq qulayliklar yaratishga harakat qilamiz”, - deya qayd etdi Hi-Tech Bank direktorlar kengashi a'zosi Sarvar Bobojonov.
UNO haqida
Bank CashBack xizmatini joriy qilgach, mijoz kartadan yanada oson va qulay foydalanishi uchun UNO mobil dasturini ishga tushirdi. Bu yerda hamkorlar bilan katalog funksiyasi joriy qilingan.
Agarda sizga qaysidir hamkor haqida to‘liq ma'lumot kerak bo‘lsa, uni ro‘yxatdan tanlab, manzili, telefon raqami, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini topishingiz mumkin. Shuningdek, dasturda xaridlar va ulardan kartaga kelib tushuvchi foizlar miqdorini ham kuzatib borish imkoni mavjud. Pullar kartaga kun davomida kelib tushadi.
UNO mobil dasturini hozirning o‘zidayoq AppStore va Google Play orqali yuklab olish mumkin. Batafsil ma'lumotlar www.uno.uz saytida.
Ilhom Omonov, Hi-Tech Bank direktorlar kengashi a'zosi:
“Biz jahon tajribasidan foydalangan holda to‘liq raqamlashtirilgan bank yaratish niyatidamiz. Biz orqali mijozlar dunyoning istalgan nuqtasidan turib, xizmatlardan oson va qulay foydalanishi mumkin. Bizning bank eshigi barchaga – jismoniy shaxs, yuridik shaxslar, xususiy tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillariga ham ochiq! Sizlarni hamkorlarimiz qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz”.
Taqdimot yakunida bank rahbariyati mehmonlarning savollariga javob berishdi. Shuningdek, ular yangi tashlangan qadamda albatta, kamchilik va xatolar bo‘lishi, biroq kompaniyaning professional jamoasi bilan birgalikda barcha zarur imkoniyatlarni ishga solishga va'da berishdi.
Tadbir yakunida barcha mehmonlarga ajoyib sovg‘a: CashBack plastik kartalari taqdim etildi.
Qanday qilib mazkur noodatiy Cash Back kartalarini qo‘lga kiritish mumkin?
Juda oddiy. Hi-Tech Bank’ning yangi CashBack xizmatidan foydalanish uchun mijozlar bank bo‘linmasida, www.htb.uz saytida yoki www.uno.uz dasturi orqali ariza to‘ldiradi. Bundan tashqari, kartani olish uchun (99871) 150-33-66 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirish mumkin.
Reklama huquqi asosida