Biz kundalik hayotda deyarli har kuni turli xaridlar qilişimizga töğri keladi. Tölovni esa osongina yöl, ya'ni plastik kartalar orqali amalga oşirasiz. Hozirda onlayn tölov tizimi şu qadar hayotimizga kirib keldiki, uning yordamida maoşlarni oliş va savdo qiliş yanada qulaydir.

Biroq har doim xarid qilinganda, mobil telefonlar orqali kamayib borayotgan mablağingiz haqida “eslatmalar”kelişi biroz tuşkunlikka tuşiradi. Endi esa buning mutlaqo aksi bölişi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Har bir işlatilgan pulingizdan özingizga bir qismi qaytişini istaysizmi?

Hi-Tech Bank öz mijozlari uçun mana şunday ajoyib CashVack xizmatini joriy qildi. Hozirça Özbekistonda faoliyat olib borayotgan heç bir bank mazkur tizimni joriy qilmagan. Xöş, bu xizmatning afzalligi nimada? U mijozlarga qanday qulayliklar taqdim etadi?

CashBack - bu Hi-Tech Bank tomonidan beriluvçi maxsus plastik kartalari egalariga taqdim etiluvçi yangiça xizmat turi. Unga köra, karta egasi qandaydir xarid yoki tölovni amalga oşirsa, uning hisobiga xarajatning ma'lum bir foizi qaytarib beriladi. Albatta, qaytariluvçi foiz mahsulot turiga boğliq bölib, xarid qiymatining 25 foizigaça qismi hisobga tuşadi. 

CashBack xizmatidan qanday foydalaniladi?

Bu yangi tizimdan foydalaniş uçun siz Hi-Tech Bank tomonidan joriy qilingan maxsus CashBack kartasini olişingiz kerak böladi. Şundan söng, siz karta orqali amalga oşirgan har qanday xaridingiz uçun sizning hisobingizga tovar qiymatiga köra foizlar qaytariladi.

Foto: Hi-Tech Bank

Qayerlarda xarid qiliş va foizni qaytariş mumkin?

Mazkur xizmatdan faqatgina Hi-Tech Bank’ning CashBack xizmati böyiça hamkorlari bilan amalga oşirilgan xaridlar vaqtida foydalaniş mumkin.

Hozirgi kunda bankning yangi xizmati böyiça 300dan ortiq hamkori bölib, ular orasida mobil aloqa operatorlari, internet provayderlar, restoran, kafelar, töy liboslari salonlari, savdo nuqtalari, dökon va boşqalarni uçratiş mumkin.