O‘zbekiston | 11:00 / 29.11.2025
7294
5 daqiqa o‘qiladi

Paynetʼdan Xolis – aylanmadan atigi 1% soliq bilan biznes yuritish imkoniyati: buxgalter shart emas, kassa apparati o‘tmishda qoladi, keshbeklar va yana ko‘plab qulayliklar

Foto: Paynet Xolis

Paynet Xolisʼni taqdim etdi — o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun erkin ishlash imkonini beradigan flagman raqamli platforma.

Xolis — bozordagi qoidalarni o‘zgartirayotgan, tadbirkorlar uzoq kutgan, dolzarb muammolarni hal qiluvchi raqamli tadbirkorlik platformasi. Xizmat eng murakkab jarayonlardan birini — tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishni — yengillashtiradi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun yetarli:

1. Face ID orqali identifikatsiyadan o‘tish;

2. Faoliyat turini tanlash;

3. Ofermani tasdiqlash.

Shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish, to‘lovlarni qabul qilish, fiskalizatsiya va moliyaviy vositalar bir joyga jamlanadi. Jarayon 5 daqiqa vaqt oladi, to‘liq onlayn — E-imzo, davlat idoralariga borish yoki kassa apparati kabi uskunalarni sotib olish talab etilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgach barcha hujjatlar — guvohnoma, daromad ma’lumotnomasi va fiskal ma’lumotlar — shaxsiy kabinetda avtomatik paydo bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish bilan birga tadbirkorga biznes-hamyon ochiladi — funksional jihatdan bank hisob raqamiga teng. U quyidagilarni imkonini beradi:

  • kiruvchi to‘lovlarni komissiyasiz qabul qilish;
  • QR va hisob-faktura bo‘yicha to‘lov qilganda 0,1% keshbek olish;
  • balansni boshqarish va mablag‘larni saqlash;
  • Paynet hamyonlariga, biznes kartalarga va bank kartalariga o‘tkazmalar;
  • Paynet nuqtalarda va infokiosklarda naqd pul yechish;
  • aloqa, internet, kommunal xizmatlar, kreditlar va boshqalarni to‘lash;
  • kontragent rekvizitlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.

Hamyon avtomatik ochiladi va qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.

Barcha to‘lovlarni qabul qilish usullari — bir xizmatda.

Xolis to‘lovlarni qabul qilishning to‘liq to‘plamni qo‘llab-quvvatlaydi:

1. QR-to‘lov — mijoz kodni skaner qiladi va shu yerning o‘zida to‘laydi;

2. Hisob-faktura chiqarish — tadbirkor summa va mijoz raqamini kiritadi, mijozga to‘lov uchun hisob keladi, so‘ng fiskal chek;

3. Naqd qabul qilish — chek avtomatik shakllanadi va fiskalizatsiya qilinadi;

4. SoftPOS (NFC) — tadbirkor smartfoni POS-terminal sifatida ishlaydi.

Barcha operatsiyalar avtomatik fiskalizatsiya qilinadi, cheklar tarixi kabinetda saqlanadi.

Elektron hujjatlar va fiskalizatsiya — to‘liq avtomatlashtirilgan

Tadbirkorlar yana:

  • elektron hisob-fakturalar (EHF) yaratish va yuborish;
  • kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni kuzatish;
  • rasmiy raqamli ma’lumotnomalar olish;
  • barcha hujjatlarni onlayn saqlashlari mumkin.

Barcha tasdiqlashlar Face ID orqali amalga oshiriladi.

“Ustidagi gilos” – kichik biznes uchun shaffof shartlar

2026 yil 1 yanvardan Xolis foydalanuvchilari uchun yangilangan tizim kuchga kiradi:

  • aylanmadan 1% soliq, hisobot topshirishsiz;
  • to‘lovlarni qabul qilish uchun 0% komissiya;
  • QR va hisob-faktura bo‘yicha 0,1% keshbek;
  • terminal, E-imzo va kassa apparati talab qilinmaydi.

“Hammasi bir joyda” — Xolisʼning eng katta qadriyati

Xolis tadbirkorlik jarayonining to‘liq siklini yopadi: ro‘yxat → to‘lovlar → fiskalizatsiya → hujjatlar → moliya

Bu vaqtni tejaydi, xatolarni kamaytiradi va rivojlanishga e’tibor qaratishga yordam beradi.

Xolis — Paynet 2.0 ekotizimining asosiy elementi

Platforma Paynet 2.0 ekotizimining muhim loyihalaridan biri bo‘lib, o‘zini o‘zi band qilganlar va kichik biznes uchun raqamli infratuzilmani kengaytirishga xizmat qiladi. Xolis quyidagilarga yordam beradi:

  • faoliyatni bir nechta daqiqada legallashtirish;
  • operatsion xarajatlarni kamaytirish;
  • to‘liq raqamli modelga o‘tish;
  • butun biznesni “bitta ilova”da yuritish.

Paynet kompaniyasi Xolis faol ravnaq topishini bildiradi — yangi moliyaviy vositalar, kengaytirilgan funksiyalar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha servislar joriy etilishi rejalashtirilgan.

👉Ilovani yuklash

Sayt: paynet.uz

Instagram: @paynet.uz

Telegram: t.me/paynetuz_official

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid