Toşkent şahrida gul oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi tadbirkor Kun.uz’ga murojaat qilib, soliq organlari talablari böyiça tuşunmovçilik yuzaga kelganini aytdi.
Uning sözlariga köra, dastlab soliq organi xodimlari unda mavjud bölgan kassa apparati işlatilmayotganiga e’tibor qaratgan. Şu bilan birga yanvar oyidan boşlab «Paynet Xolis» tizimidan foydalaniş tavsiya etilgan.
«Hamma YaTTlarga «Paynet Xolis»ni majburiy ulaşdi. «Endi kassa apparatni işlatmaysiz, barça çeklarni şu orqali çiqarasiz», deyişdi. Naqd pul bilan tölansa, naqd körsatasiz, karta bölsa, QR-kod orqali tölaş kerak», deyişdi. Lekin tizim hali töliq işlamayapti, ba’zan QR-kod ham işlamay qoladi», - deydi tadbirkor.
Keyinçalik u soliq organlari tavsiyasiga asosan terminal tizimidan ham çiqib ketgan. Biroq yaqinda ötkazilgan profilaktik tekşiruvda undan yana terminal va çek masalasi söralgan.
«Endi esa bu test rejimidagi masala, kassa apparat majburiy, QR-kodli çek bölişi kerak, deyişyapti. Qaysi biri töğri — tuşunmayapman», - deydi u.
Soliq maslahatçisi nima deydi?
Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovning izohiga köra, qonunçilikda «Paynet Xolis»dan foydalaniş majburiy emas, biroq fiskal çek beriş majburiy hisoblanadi.
Uning ta’kidlaşiça, «Paynet Xolis» aslida kassa apparatning muqobili sifatida işlaşi mumkin: tizim orqali tuşum kiritiladi, QR-kod şakllanadi, bu fiskal çek sifatida tan olinadi.
«Paynet Xolis» örnatilgan bölsa, bu kassa apparatga umuman çek urmaslik mumkin degani emas. Aslida şu platformaning özida fiskal çek şakllantirilişi kerak. Ya’ni u kassa apparat vazifasini bajaradi», - deydi mutaxassis.
Agar tadbirkor uşbu tizimdan foydalanmasa yoki çek bermasa, e’tirozlar şundan kelib çiqişi mumkin.
«Paynet Xolis»dan foydalaniş tadbirkorni kassa apparatdan foydalaniş majburiyatidan ozod qilmaydi» – Soliq qömitasi
Soliq qömitasining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, bugungi kunda savdo operatsiyalarini nafaqat an’anaviy kassa apparatlari, balki raqamli platformalar orqali ham amalga oşiriş mumkin. Ya’ni:
• tölovlarni naqd va naqdsiz qabul qiliş
• QR-kod orqali tölov oliş
• elektron çek şakllantiriş – barçasi qonunçilik doirasida ruxsat etilgan.
Şu bilan birga 2026 yil 1 yanvardan boşlab (247 sonli prezident qaroriga asosan) tadbirkorlarda maxsus QR-kod bölişi majburiy böldi. QR-kod bölmasa, bu kassa apparati yoki terminal işlatmaslikka tenglaştiriladi.
Şuningdek, qonunçilikka köra:
• elektron çek — qoğoz çek bilan teng
• tölovni QR-kod orqali qabul qilişni rad etiş — jarimaga sabab böladi
Eng muhim jihat – «Paynet Xolis»dan foydalaniş tadbirkorni kassa apparatdan foydalaniş majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ya’ni tadbirkor yo kassa apparat işlatişi yoki «Paynet Xolis» orqali fiskal çek berişi kerak.
Ma’lumot uçun, 1 yanvardan boşlab Özbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va özini özi band qilganlar uçun ularning faoliyatini raqamlaştiriş orqali soddalaştirişni nazarda tutuvçi maxsus huquqiy rejim joriy etilgani munosabati bilan, QR-kodni faqat bitta ilovada – «Paynet Xolis»da rasmiylaştiriş mumkin böldi. Bu monopoliyani yuzaga keltiriş borasida xavotirlarni uyğotdi. Joylarda tadbirkorlar uşbu ilovadan foydalanişga majburlangan holatlar ham böldi.
Markaziy bank raisi Timur Işmetov jurnalistlarning bu boradagi savoliga javoban bitta yoki ikkita taşkilot bu işni amalga oşirişi böyiça qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi. «Boşqa tölovlarni amalga oşiruvçilar ham özining infrastrukturasidan kelib çiqib bu işni qilişi mumkin», - dedi u.












