Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika sohasini rivojlantirishda olimlar faol ishtirok etadilar
Foto: medisyntech.com
Fanlar akademiyasi farmatsevtika sohasi uchun yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratish bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozishicha, yetarli mablag‘ bilan ta'minlamaganlik va maqsadli dasturning mavjud emasligi farmatsevtika sanoati ilmiy-texnik jihatdan va eksport salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil bo‘layotganligi ko‘rsatildi.
Turli soha mutaxassislarining sa'y-harakatlari birlashtirilsa, yangi dori preparatlari, dorivor shakllar, generiklar substansiyalarini olish texnologiyalari va tibbiyot buyumlarini yaratishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoni yuzaga keladi.
Quyidagilarni tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etish rejalashtirilmoqda:
• Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari;
• Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy muassasalari;
• Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining ilmiy va oliy ta'lim muassasalari;
• Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy va oliy ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan markazlari.
Innovatsion rivojlanish vazirligini dastur doirasida o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning yagona davlat buyurtmachisi etib belgilash taklif etilmoqda. Uning o‘zi ilmiy ishlanmalarni tanlov asosida saralab oladi, shuningdek innovatsion ilmiy asbob-uskunalarni tanlov asosida xarid qiladi.
Quyidagilar dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilanishi mumkin:
• idoraviy bo‘ysunuvi va xalq xo‘jaligi sohasidan qat'i nazar, korxonalarning innovatsion rivojlanishga yo‘naltiradigan mablag‘lari;
• Dastur doirasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish qismida O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘tkazadigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
• yuridik va jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari belgilangan tartibda taqdim etadigan investitsiyalar va xayriya mablag‘lari;
• xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
13:32 / 22.11.2025
Farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari yangi elektron modul orqali amalga oshiriladi
14:29 / 16.11.2025
Even Realities yangi G2 aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi
19:50 / 09.11.2025