Jamiyat | 17:00 / 02.02.2026
4817
2 daqiqa o‘qiladi

Hayot Bank: mijozlar ishonchini qanday qozonmoqda?

So‘nggi bir yilda Hayot Bank xizmatlaridan 113 mingdan ortiq jismoniy shaxs va 8 800 ta kompaniya foydalanishni boshladi.

Foto: Hayot Bank

Mazkur o‘sish bankka bo‘lgan yuqori ishonch, shuningdek, iste’molchilar uning mahsulot va xizmatlaridan samarali foydalanayotganini yaqqol namoyon etadi. 

"Mijozlar sonining oshishi bilan bir qatorda, bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada mustahkamlandi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, bank aktivlari qariyb 4 barobar, depozitlar 4 barobardan ko‘proq, kredit portfeli esa 4 barobardan ziyodga oshdi. 

Shaxsiy kapitali 91 milliard so‘mga ko‘payishi bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlab, mijozlar oldidagi majburiyatlarni ishonchli bajarish va kelgusidagi rivojlanish uchun asos yaratdi", — deydi bank boshqaruv raisi Odil Pulatov.

Mazkur natijalar Hayot Bank’ning o‘sishi faqat mijozlar sonining ko‘payishi bilan emas, real iqtisodiy faollik va operatsiyalar hajmining kengayishi bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi.

«Biz uchun bank mijozlar hayotidagi muhim bosqichlarda ishonchli hamkor bo‘lishi juda muhim. O‘sish nafaqat raqamlarda, balki xizmat sifati va mahsulotlarimizning real foydasida ham aks etishi kerak», — deydi Odil Pulatov.

Hozirda Hayot Bank biznes jarayonlarni transformatsiya qilish, bank mahsulotlarini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini izchil oshirish ustida faol ish olib bormoqda. Xususan, onlayn xizmatlarni kengaytirish bilan bir qatorda, mamlakat bo‘ylab 21 ta xizmat ko‘rsatish nuqtasini o‘z ichiga olgan filiallar tarmog‘ini rivojlantirmoqda.

Asosiy e’tibor odamlar va biznes uchun sodda, tushunarli hamda qulay moliyaviy yechimlarni taqdim etishga qaratilgan.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid