“Bugun biz Hayot Bank’ning yangi 5-BXM – Shayxontohur ofisida turibmiz. Ushbu BXMda Hayot Bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini taqdim etiladi. Ushbu filialda 30 ta bank xodimi birdaniga 25-30 ga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsata oladi. Hayot Bank hozirda ekologiyaga ham hissa qo‘shmoqda, ya’ni har bir ochilgan omonat uchun bank tomonidan bir daraxt ekib beriladi”, - dedi u.

Bankning respublika bo‘ylab umumiy 16 taga yaqin filiallari mavjud bo‘lib, ularning har birida tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Bank filiallarda:

• kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish;

• biznes depozitlari;

• milliy va xorijiy valutalarda omonat ochish;

• valuta ayirboshlash;

• UZCARD va UZCARD-Mastercard kartalarini ochish;

• bankka bormasdan hisob raqam ochish;

• onlayn va mobil banking;

• milliy valutalarda 24/7 tartibida pul o‘tkazmalari;

• MUNIS orqali to‘lovlar;

• yuridik shaxslar uchun SWIFT orqali valuta o‘tkazmalari;

• xorijiy valutalarni bir-biriga ayirboshlash;

• korporativ va ish haqi kartalari bo‘yicha operatsiyalar;

• naqd pul operatsiyalari;

• moliyaviy boshqaruv asosida depozit va mablag‘ yo‘naltirish xizmatlari amalga oshiriladi.