Jahon | 12:54 / 13.09.2018
11747
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirdi

Foto: REUTERS/Brian

Yevropa ittifoqi kengashi Ukraina inqirozi tufayli Rossiyaga qarshi shaxsiy sanksiyalarni uzaytirdi, deb yozadi RBK.

Cheklov choralari keyingi olti oyga, 2019 yilning 15 martiga qadar, «Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar» tufayli uzaytirildi. Sanktsiyalar 155 kishi va 44ta tashkilotni qamrab oladi.

Sanktsiyalar butun dunyo bo‘ylab aktivlarni muzlatish va safar qilishga cheklovlarini o‘z ichiga oladi.

«Vaziyatni baholash sanksiyalar rejimidagi o‘zgarishlarni oqlamadi», - deya ta'kidlanadi bayonotda.

Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi iqtisodiy cheklov choralari ham amal qilmoqda, ular iqtisodiyotning aniq sektorlariga qarshi qaratilgan (2019 yil 31 yanvarigacha). Shuningdek, Qrim qo‘shib olinganidan so‘ng joriy etilgan sanksiyalar ham bor (2019 yil 23 iyunigacha).

Mavzuga oid