Jahon | 23:52 / 18.12.2017
12800
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda tezyurar poyezd ko‘prikdan quladi

Foto : twitter.com/wspd1pio

AQShning Vashington shtatida tezyurar poyezd ko‘prikdan pastdan o‘tgan yo‘lga quladi. Bu haqda poyezdga egalik qiluvchi Amtrak kompaniyasi va mahalliy hukumat ma'lum qilgan.  

Pers okrugi transport rahbariyati tvitterda joylashtirgan suratda poyezdning oxirgi vagoni izdan chiqib ketganini ko‘rish mumkin. Voqea temir yo‘lning Olimpiya va Leykvud shaharlari o‘rtasidagi qismida yuz bergan. Vagon qulash vaqtida bir necha avtomobilga shikast yetkazgan.

Foto : twitter.com/wspd1pio

Okrug sherifi falokat oqibatida qurbonlar borligini ma'lum qilgan, biroq ularning soni haqida aniqlik kiritmagan.

Amtrak’ning ma'lum qilishicha, avariyaga uchragan 501-sonli poyezd Sietl va Portlend o‘rtasidagi yo‘nalish bo‘yicha 18 dekabr ertalab birinchi marta reysga chiqqan.

Ba'zi OAVlarning ma'lum qilishicha, voqea ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin.

 

Mavzuga oid