Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
Muzokaralar «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish, Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: AFP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan muzokaralar tez orada boshlanishini ma’lum qildi.
«Livan Isroil bilan bevosita muzokaralarni boshlashga bir necha bor chaqirganidan so‘ng, kecha men Vazirlar Mahkamasiga Livan bilan imkon qadar tezroq bevosita muzokaralarni boshlashni topshirdim», deyiladi bosh vazir bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish, Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratilgan.
Axios jurnalisti Barak Ravidning xabar berishicha, isroillik amaldor so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning boshlanishi Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni anglatmaydi.
Livanning yuqori martabali amaldori Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, Livan so‘nggi 24 soat ichida Isroil bilan kengroq muzokaralar uchun sharoit yaratish maqsadida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori bo‘lgan.
Isroilning yuqori martabali amaldori Axios nashriga Isroil va Livan o‘rtasidagi bevosita muzokaralar kelasi hafta Vashingtonda boshlanishini aytdi.
Muzokaralarda Livanning «Hizbulloh» guruhi ishtirok etishi ma’lum qilinmadi.
8 aprelga o‘tar kechasi AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Isroil Livanga zarba berishda davom etdi. AQSh hukumati o‘t ochishni to‘xtatish Livanga taalluqli emasligini aytdi. Isroil Livan bilan emas, balki Livan hududidagi «Hizbulloh» guruhi bilan jang qilayotganini ta’kidladi.
Livan rasman Isroil davlatini tan olmaydi.
Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026