Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning sayyohlik markazlarida «Xavfsiz shahar» va «Ye-mehmon» tizimi joriy etiladi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining 23.11.2017 yildagi 939-son qarori bilan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
U to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
1. Xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari tuzilmasini va faoliyatini tashkil etish uslublarini takomillashtirish. Shu tariqa, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo IIBda vaziyat markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ularning vazifalari: xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni bo‘lg‘usi xavf-xatarlar haqida real vaqt rejimida ogohlantirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yordam berish.
Yuqorida ko‘rsatilgan viloyatlar IIBlarida xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil etiladi. Ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida IIB boshliqlari o‘rinbosarlari hisoblanadi, shaxsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi navbatda, chet tillarini biladigan xodimlar jumlasidan shakllantiriladi.
2. Mamlakatimizda bo‘lish, transportdan foydalanish va ko‘chib yurish davrida sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash. Xususan, sayyohlik sohasida xizmat ko‘rsatadigan va kelgan sayyohlarni ro‘yxatga olishni yuritadigan davlat va nodavlat obektlar (tashkilotlar) yagona axborot ma'lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalari, viza va ro‘yxatga olish taomillari, yaqin joylashgan diqqatga sazovor joylar to‘g‘risidagi axborot va boshqa foydali ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan mobil ilovalarni ishlab chiqish ko‘zda tutilayotir.
3. Sayyohlarning yashash joylari, mehmonxonalarga joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish xavfsizligini ta'minlash. Buning uchun har bir mehmonxona faoliyatiga kelgan sayyohlarning ma'lumotlar bazasini shakllantirishga yordam beradigan «Ye-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etiladi. Mehmonxonalarga kirishlarda kechayu kunduz videokuzatuv olib boriladi.
Bundan tashqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-dasturiy kompleksi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, axborotni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan qayta ishlash, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi huquqbuzarliklar va boshqa hodisalar haqidagi ma'lumotlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish tizimidir.
4. Sayyohlik diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishda va kechki dam olish vaqtini tashkil etishda sayyohlar, rasmiy xorijiy delegatsiyalarning xavfsizligini ta'minlash. Sayyohlarning yakka tartibdagi maxsus texnik himoya vositalariga talablarni ishlab chiqish va o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Qaror bilan 2017-2020 yillarda Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.
Hujjat 25.11.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:46 / 12.01.2026
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
23:02 / 05.01.2026