Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ilm-fan kuni belgilanadi
Fanlar akademiyasi 1943 yil 4 noyabr kuni tashkil etilgani inobatga olinib, O‘zbekistonda 4 noyabr sanasini “Ilm-fan kuni” sifatida nishonlash taklif etilyapti.
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 9 sentabrdagi “Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada Fanlar akademiyasi 1943 yil 4 noyabr kunida tashkil etilganligini inobatga olgan holda O‘zbekistonda ham 4 noyabr sanasini “Ilm-fan kuni” sifatida nishonlash taklif etiladi.
Mazkur qonun ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilarni rag‘batlantirish va mazkur sohaga keng jamoatchilik e’tiborni qaratishga hamda ilm-fan sohasidagi yutuqlarni xalqaro va mahalliy doirada e’tirof etishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasida ko‘rsatilgan havolaki normalarni amalga oshirish bo‘yicha qonunosti hujjatlar qabul qilingandan so‘ng davlat budjetidan moliyalashtirish talab etiladi.
Mavzuga oid
07:30 / 23.09.2025
FA prezidenti Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi akademigi unvonini oldi
08:49 / 11.09.2025
Rossiya sanksiyalar tufayli jahon ilm-fanidan 3 yilga orqada qolmoqda
11:47 / 31.07.2025
40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi
18:49 / 03.03.2025