Unda Xitoy, Rossiya, Vetnam, Möğuliston, Ozarboyjon, Çernogoriya, Armaniston, Kuba, Qirğiziston, Gurjiston, Tojikiston va boşqa davlatlarning Fanlar akademiyalari prezidentlari va rahbarlari iştirok etdi. Şuningdek, Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev qatnaşdi.

Yiğiliş davomida, bölib ötgan saylov natijalari asosida Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov va vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayevga Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasining akademigi unvoni topşirildi. Akademik Şavkat Ayupov, şuningdek, taşkilotning medali bilan taqdirlandi.

Tadbirda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, fan va innovatsiyalar sohasida tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça muhim qarorlar qabul qilindi.