Iqtisodiyot | 08:20 / 18.10.2024
11278
2 daqiqa o‘qiladi

JB: O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uch iqtisodiyotdan biri 

Jahon banki 2024 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gurjiston, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. 

Foto: Kun.uz

Jahon banki 2024 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida YaIMning eng yuqori o‘sishi Gurjiston, Tojikiston va O‘zbekistonda kuzatilayotganini qayd etdi.

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti bo‘yicha hisobotda bir qator inqirozlardan so‘ng mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish barqarorlashayotgani aytiladi, ammo ko‘rsatkichlar 2000 yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda.

2025 yil bo‘yicha prognozlar O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning 5,8 foizga o‘sishi orqali mintaqada iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib olishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Rossiyada pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslari tanqisligining kuchayishi natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 2024 yilda 3,2 foizgacha (2023 yilda — 3,6 foiz) va 2025 yilda 1,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

Mintaqaning Rossiyadan keyingi eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Turkiyada iqtisodiy o‘sish 2023 yildagi 5,1 foizdan 2024 yilda 3,2 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.

Uzoq muddatli istiqbolda mehnat unumdorligining o‘sishini jadallashtirish uchun mamlakatlar o‘rta va oliy ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishlari kerakligi ta’kidlangan.

Mavzuga oid