Eron uruşi ta’siri va naqdsiz tölov mantiqsizliklari - Behzod Hoşimov bilan suhbat
|22:06 / 18.04.202615 81910 min
“Yirik summalardagi oldi-sotdilarni naqdsiz şaklga ötkazişni tuşuniş mumkindir, lekin ayrim maişiy tovarlarni naqd pulga sotib olib bölmasligi mantiğini tuşuna olmadim. Bu çeklov – iqtisodiyot uçun ulkan xarajat degani, bu xarajat evaziga jamiyat nima oladi?”
Eron uruşi fonidagi iqtisodiy beqarorlik va narxlarning tebranişi, Özbekistonda naqdsiz tölov tizimiga ötilişi va aholi daromadlari.
Kun.uz muxbiri uşbu iqtisodiy mavzularni Abu Dabidagi Nyu York universiteti professori Behzod Hoşimov bilan muhokama qildi.
Suhbatni töliq şaklda video orqali tomoşa qilişingiz mumkin. Quyida iqtisodçining 1 apreldan kuçga kirgan naqdsiz tölov talablari yuzasidan bildirgan oid fikrlari keltirib ötiladi.
“Evaziga nima olamiz?”
— Men bu çoraning mantiğini tuşunmayapman. Odamlar yoqilği sotib oliş uçun naqd pulini majburan bank hisoblariga qöyişi kerak bölyapti. Bu – vaqt oladigan narsa. Ya’ni siz naqd pulingizni kartaga tuşiriş uçun nafaqat komissiya tölaş orqali, balki vaqt sarflaş orqali ham xarajat qilasiz.
Naqd pulni bankomatga solgani uçun pul oliş – menimça, unikal, özbekça eksperiment bölsa kerak. Men kamdan kam körganman bu narsani. Beş-oltita mamlakatda bankomatga naqd pul kiritganman, lekin Özbekistondan boşqa joyda buning uçun komissiya olişganini körmaganman.
Asosiy masala şundaki, biz bu xarajat evaziga nima olamiz, foydasi nimada degan savolga men javob topa olmayapman. Millionlab odam yoqilği şoxobçasiga borişdan oldin qölidagi pulini kartaga tuşirib olişi kerak bölyapti. Bu – jamiyat uçun ham, insonlar uçun ham, iqtisodiyot uçun ham vaqt nuqtayi nazaridan katta xarajat. Ya’ni odamning qimmatli vaqti ketadi, bu vaqtning ham narxi mavjud. Bu – juda katta iqtisodiy şikast. Lekin şunga yaraşa biror foyda bölsa, buni tuşuniş mumkin. Biz jamiyat sifatida köplab qoidalar kiritişimiz, natijada iqtisodiy şikast bölişi mumkin, lekin öşa qoidadan keladigan foyda va yöqotiş tarosiga qöyilsa, foyda ança ustun keladi. Ayrim maişiy tovarlarga nisbatan naqdsiz tölov qoidasiga kelganda esa, biz şunça yöqotişlar evaziga nima olişimizga tuşuna olmayapman.
Davlat kartaga pul kiritişdagi komissiyaga aralaşa olmasligi, banklarni nol komissiya örnatişga majburlamasligi töğri bölişi mumkin, çunki bu – bozor. Lekin insonlarning imkoniyatlarini çeklaşda mantiq qanaqa? Inson qölidagi naqd puliga maişiy narsalar sotib ololmaydigan qilib qöyildi.
Mavzuga oid
Jinoiy manbalardan topilgan pulni legallaştirişga qarşi çora degan argument mavjud. Masalan, qaysidir byurokrat 50 ming dollar pora oldi. Endi u öşa pulga borib uy sotib oliş imkoni bölmasligi töğridir. U olgan porasini legallaştirişini qiyinlaştiriş kerak, töğri. Lekin maişiy, masalan benzin sotib olişda naqd tölovni çeklaşga mantiqni körmayapman.
100 ming dollardan oşiq tranzaksiyalar hammasi bank orqali bölsin, xavfsizlik uçun, öşa noqonuniy topilgan pullarni legallaştiriş masalasi borligi uçun, bu töğri. Lekin 55 ming sömga benzin quyayotgan amakini borib, bankka borib pulini soldiriş bilan nima yutamiz?
Özi aslida, naqdsiz tölov naqd tölaşdan köra qulayroq: uni kötarib yuriş, har safar sanaş, sotuvçidan qaytim oliş kabi noqulayliklari yöq. Lekin millionlab odam ana şu noqulayliklarga qaramay naqd pulda tölov qilayotgan ekan, buning obektiv sabablari bor.
Masalan, Özbekistonda hozir daromad soliği tölaydigan insonlarning jami mehnat resurslariga nisbatini olsangiz, 30 foiz ham emas-da. Taxminan 70 foiz mehnatga layoqatli insonning daromadlari rasmiy emas. Köpçilik naqdga işlaydi: kimdir kunbay nimadir işlaydi, kimdir repetitorlik qilib naqd pul oladi va hokazo.
Yoki ikkinçi narsa: unutmaslik kerak, Özbekiston çet eldan kelayotgan pullarga juda ham boğliq mamlakat. 2025 yilda xorijdagi vatandoşlar Özbekistonga 19 milliard dollar pul yuborişdi. Buni budjetimiz yoki yalpi içki mahsulotimiz taqqoslaganda ham, juda katta raqam. 19 milliard dollarning asosiy qismi – naqd şaklda kelgan. Masalan, öğli Rossiyada yoki Koreyada işlaydigan ota: u jönatilgan pulni olib, dollarni sömga almaştirib, maşinasiga benzin quymoqçi... Ya’ni bunday odamlar köpligi uçun bizda hali ham keng miqyosda naqd pul işlatilyapti.
Lekin deylik, Özbekistonda oylik oladigan inson, oyligi kartasiga tuşadi, u şundoq ham bundan oldin naqdsiz tölov qilardi. Ya’ni unga naqdsiz tölov özi qulay edi. Uni unga da’vat qiliş kerak emasdi naqdsiz tölovga ötgin deb. Masalan, men köpinça naqdsiz tölovni yaxşi köraman. Kamdan kam özimda naqd pul olib yuraman. Lekin boşqa köpçilik ham mavjud.
Davlat işida işlaydiganlar özidan boşqaça hayot keçirayotgan millionlab insonlar mavjudligi haqida ham fikrlaşlari kerak deb öylayman-da şu narsada. Ya’ni ular öylaşadiki: “ha, hamma bizga öxşagan, oyligi tuşadi kartaga, nimasi noqulay, şunday QR-kodni qilib tölaysiz”, deb öylaşadi-da. Lekin qaraşsa, AYoQŞlarda köp naqd tranzaksiyalar bölyapti. Va ular aytişyaptiki, nimaga unaqa, kelinglar, majburan ularni naqdsiz tizimga ötkazamiz, deb.
Qarang, mana biz bilamiz: QR-kod orqali naqdsiz tölov qulayroq, töğrimi? Sanab ötirmaysiz, kötarib yurmaysiz, qaytim degan narsa yöq va hokazo... Ammo bizda juda köp tranzaksiyalar naqd bölyaptimi, bu qönğiroq bölişi kerak: nima bölyaptiki, odamlar naqd pul işlatyapti? Ya’ni nimaga noqulay instrumentni işlatişyapti? Buning ildiziga qaraş örniga biz çopib taşlayapmiz-da, öşani körmaylik ham, kuymaylik ham deb...
Özbekistondagi katta foiz insonlarda bu qulayliklar borligiga qaramasdan, qölida naqd pul bor. Nima qilsak böladi, degan savolning örniga, kelinglar, ularga naqd pulni işlatişni taqiqlab qöyamiz, deyişyapti. Va yana qaytaraman, men yaqqol foydasini körmayapman. Zarari köp – bu tuşunarli, foydasi nima degan savolga men hali ham javob topa olmadim.
Agar yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş maqsad bölsa, bu – yaşirin iqtisodiyotni kamroq köraylik, degan narsa. Bilasizmi, mana, kambağallik haqida ham Özbekistonda şunaqa-da. Misol uçun, Özbekistonda kambağallik köp, lekin u bizga körinmaydi, masalan Toşkentda. Mana, bizdan ança boyroq mamlakatlarga borsangiz, köçada tilançilar köp, uysizlar köp... Toşkentda esa, misol uçun, sal odamning kiyimi yaxşi bölmasa, militsiya olib ketib qoladi. Lekin dunyoning yetakçi mamlakatlari poytaxtlarida uysiz qolgan odam öşa şahar hokimiyati tagida palatkada yaşayveradi.
Biz körmaslikka harakat qilamiz. Bizda muammo bor: kambağal odamlar mavjud. Lekin uni körmaymiz biz. Qanaqa körmaymiz? Ularni öşa közimizdan yöqotamiz. Masalan, bizdan 50 barobar boy mamlakatlarda ham köçada qanaqadir kambağal odamlarni körasiz. Toşkentda körmaysiz. Közimizdan yiroq qilamiz. Bu muammo yöq degani emas.
Aytaylik, uyingizda muammo bor: uyni yiğiştiriş kerak, supuriş kerak. Lekin agar gilamni kötarib, supurindini uning tagiga supurib, gilamni yopib qöysangiz, öşa narsa körinmaydi. Ha, körinmaydi, aslida esa muammo yöqolgani yöq: supurindi gilamning tagida çirib ketadi... Lekin töğri, masalan, kimdir uyga kirganida qarasa, körinmasligi mumkin, çunki muammoni gilamning tagiga supurib, közga körinmaydigan qilib qöyganmiz.
Men köp narsada şunaqa deb öylayman. Rus tilida bir gap bor: “S glaz doloy – iz serdsa von” (közdan nari – köngildan nari) degan. Ya’ni közimga körinmasa, yuragimga ham ta’sir qilmaydi, degan bir xato fikr-da bu. “Körmay ham, kuymay ham”, deydi-yu özbekçada. Şunaqaroq narsa qilyapmiz. Benzinda bölayotgan öşa naqd tranzaksiyalarni körmasak, göyoki şu bilan bizda yaşirin iqtisodiyot masalasi hal bölgandek...
Axir yaşirin iqtisodiyotda manbasi bor odam bu çoradan endi aytmaydi-ku: “Ha böldi, endi benzinda kartadan tölaşim kerak, endi men borib hozir soliqni tölayman”, demaydi-ku. Unaqa işlamaydi-ku bu instrument. Yoki naqd şaklda repetitorlik qiladigan öqituvçi: “Böldi endi, kartada pulim bölmasa, benzin quyolmas ekanman, şuning uçun 1 apreldan firma oçib rasman işlayman, odamlar menga naqdsiz tölasin” demaydi-ku.
Biz “közdan nari – köngildan nari” deya, yaşirin iqtisodiyotni ölçaş vositalaridan birini yöqotib qöyamiz. Yaşirin iqtisodiyot qanaqa ölçaydi? Mana, misol uçun benzin xaridida tranzaksiyalarning neça foizi naqd bölyapti. Demak, odamlarning qölida hali ham naqd bor. Öşa AYoQŞlardagi tranzaksiyalar qanaqadir ma’noda sizga barometr edi, qança foiz odamlarning daromadi naqdligi borasida.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi