Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
OTM, kollej, texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi. Kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grantlar ajratiladi. Bu boradagi vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistondagi har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra:
- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballning 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga yangi rahbar tayinlandi
20:24 / 16.02.2026
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
12:36 / 13.02.2026