Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarni betonlashtirganlar jazolanadi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Qonunchilik palatasi yalpi majlisida atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Qonun loyihasi bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarga, Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Jumladan, konstitutsiyaning 49-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning atrof-muhit holati haqida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini ta’minlash uchun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritish belgilovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik, ko‘p kvartirali uyga tutash tuproq va yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik hamda aholi punktlari va shahar markazlarida oldindan mavjud bo‘lgan ariqlar, irrigatsiya tizimlarini o‘zboshimchalik bilan ko‘mib tashlaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
O‘rmon fondi yerlarini qonunga xilof ravishda berish va ularda bino-inshootlar va imoratlarni qurish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
09:09 / 17.12.2025
Respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari e’lon qilindi
19:29 / 16.12.2025