Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
Adliya vazirligi ishlab chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, uy-joy va yerga doir huquqni e’tirof etish bo‘yicha 1 ta obekt uchun yakuniy xulosa berish muddatini 150 kundan 50 kunga tushirish taklif etilmoqda. Loyiha 23 dekabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Foto: Kun.uz
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 23 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Loyihaga ko‘ra, uy-joy va yerga doir huquqni e’tirof etish jarayonini tezlashtirish maqsadida 1 ta obekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddatini 150 kundan 50 kunga qisqartirish taklif qilinmoqda. Ya’ni, amaldagi muddat 3 barobarga qisqarishi mumkin.
Taklif etilayotgan tartibda jarayonning asosiy bosqichlari ham muddatlar kesimida belgilanmoqda. Jumladan:
- vakolatli tashkilotlar xulosasi — 20 kun;
- jamoatchilik muhokamasi — 10 kun;
- adliya organlari ko‘rib chiqishi — 20 ish kuni.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarish amaldagi qonunning 2028 yil 1 yanvargacha amal qilishi inobatga olingan holda taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, loyihada amaliyotda huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan soliq va to‘lov masalalarini yengillashtirishga qaratilgan normalar ham nazarda tutilgan. Xususan, soliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmagan hollarda huquqni e’tirof etish, bir martalik to‘lovga chegirma va to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kabi takliflar ilgari surilgan.
Loyiha qabul qilinsa, uy-joy va yerga oid huquqni e’tirof etish jarayoni ancha tezlashib, fuqarolar uchun hujjatlashtirish muddati sezilarli qisqaradi, soliq va to‘lovga oid to‘siqlarni yumshatish hisobidan amaliyotda “ochilmay qolgan” obektlar masalasini hal etish imkoni kengayadi.
Mavzuga oid
09:38
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
11:07 / 16.12.2025