Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar jadvali: tuxum arzonlagan, bodring qimmatlashgan
Kun.uz'ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon bozorlaridagi bugun, 1 noyabr kunidagi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.
Foto : Kun.uz
Odatga ko‘ra, 12 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi. O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda tuxum narxi biroz pastlagani, o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, bodring narxi keskin ko‘tarilgani oydinlashmoqda.
Mol go‘shti eng qimmat narx — 75 ming so‘m Toshkent shahrining «Eski juva» bozorida belgilangan. Lekin shu bozorda mol go‘shtini kilogrammini 58 mingga ham xarid qilish mumkin. Joylarda qo‘y go‘shti qimmatlab, uning 1 kilosi 70 mingdan 75 ming so‘mgacha sotilayotgani qayd etildi. Tovuq go‘shti hamon Urganchda eng arzon — kilosi 14,5 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Pomidor va bodring ayrim hududlar markazlarida keskin qimmatlagan.


Qayd etish lozim, markaziy dehqon bozorlarida mahalliy hokimiyat rahbarlarining narxlarni tartibga solishga urinishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:36 / 11.12.2025
Avtomobil yuvish xizmatlari narxi bir yilda qariyb 10 foizga o‘sdi
15:05 / 19.10.2025
Go‘sht - o‘zbekning hayot tarzini belgilaydigan mahsulot
15:03 / 15.10.2025
Go‘sht narxi rekord darajada oshdi. Sabab nima?
19:10 / 12.09.2025