Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Direktor bo‘shatish bilan tahdid qilib, xodimlarga xizmat vazifasiga kirmaydigan yumush buyurganda...
Foto: Fotolia
SAVOL: Bizning ishxonamizda farrosh yo‘q. Korxonamiz rahbari ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilib, xodimlarni xizmat xonalarini tozalashga majburlamoqda. Bu esa bizning xizmat vazifalarimizga ham kirmaydi. Mehnat shartnomasida ham nazarda tutilmagan va buning uchun haq ham to‘lanmaydi. Direktorning harakatlari qonuniymi?
D.To‘lqinov
JAVOB: Yo‘q, direktorning harakatlari qonunga zid va ushbu holat majburiy mehnat sifatida baholanadi. Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya'ni:
- harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar («Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonun) asosida;
- favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat, deb hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 177-moddasiga asosan ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifasi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
17:45 / 26.02.2026
Malakali yuridik yordam: Konstitutsiya kafolatlagan huquq va zamonaviy muammolar
08:02 / 08.08.2025
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari reytingi joriy etiladi
14:42 / 20.06.2025
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi
17:15 / 05.03.2025