«Fuqarolar bilan mehnat şartnomalarini rasmiylaştirmagan iş beruvçilarga nisbatan qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralarini yanada kuçaytirişga qaratilgan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimça kiritiş haqida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihada mehnat şartnomasi tuzmasdan fuqarolarni işga jalb qiliş holatlarini kamaytiriş hamda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik buzilişini oldini oliş maqsadida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş taklif qilinmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 49-5-modda bilan töldirilmoqda. Unga köra, fuqarolar bilan mehnat şartnomasini qonunçilikda belgilangan tartibda rasmiylaştirmaslik yoxud mehnat şartnomasi tuzmasdan işga jalb qiliş fuqarolarga BHM 10 baravari (3,75 mln söm) miqdorida, mansabdor şaxslarga esa — 30 baravari (11,25 mln söm) miqdorida jarima solinişiga sabab bölişi belgilanmoqda.

Xuddi şunday huquqbuzarlik mansabdor şaxs tomonidan ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, BHM 200 baravari (75 mln söm) miqdorida jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilgan.

Loyiha böyiça taklif va mulohazalar 19 martgaça qabul qilinadi.