O‘zbekiston | 10:17 / 30.08.2021
11231
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi oyda ilk marta kunlik holatlar soni 800dan pasaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 795 kishida koronavirus, 303 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 7 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 29 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 155639 (+795) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 30 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 23 nafari Namangan viloyatida,
  • 68 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 28 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 85 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 33 nafari Xorazm viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent viloyatida,
  • 231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni 800dan kam bo‘lishi oxirgi marta 27 iyul kuni qayd etilgandi (+789). So‘nggi bir oydagi eng yuqori natija 6 avgust kuni ro‘yxatga olindi (+974).

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 78 nafar,
  • Buxoro viloyatida 41 nafar,
  • Jizzax viloyatida 19 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 28 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Samarqand viloyatida 90 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 35 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 70 nafar,
  • Toshkent viloyatida 105 nafar,
  • Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 147903 (+660) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1075 nafarni tashkil qilmoqda.

Iyul oyi o‘rtalaridan buyon kunlik o‘lim ko‘rsatkichi 6tadan kam bo‘lmayotgandi.

SSV 29 avgust kuni 303 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 23464 nafarga yetgani, kecha bemorlarning 291 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15988 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar qildi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 168 nafarga yetdi. Bu pnevmoniya holatlari statistikasi yuritilishi boshlanganidan buyon eng past ko‘rsatkichdir.

Mavzuga oid