Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi
2025 yil 1 iyuldan obektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar tomonidan ulushdorlar pulini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi
2025 yil 1 iyuldan quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:
▪️obektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar tomonidan ulushdorlarning pul mablag‘larini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi;
▪️ulushli shartnoma bo‘yicha mablag‘lar ulushdor tomonidan vakolatli tijorat bankida quruvchi, ulushdor va tegishli tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ochilgan “eskrou” hisobvarag‘iga ularning hisobini yuritish uchun joylashtiriladi va deponentlanadi;
▪️ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari va quruvchining majburiyatlari yuzasidan “eskrou” hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, mablag‘larni xatlash yoki hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▪️ birinchi bosqichda quruvchi tomonidan obektni qurish ishlari umumiy hajmining kamida 30 foizi o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgandan so‘ng tijorat banki tomonidan quruvchiga maqsadli kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
19:54 / 14.04.2026
Renovatsiya dasturi: 2026 yilda kamida 30 mingta xonadonni foydalanishga topshirish buyurildi
19:46 / 14.04.2026
Ko‘p qavatli uy qurish bo‘yicha tayyor loyihalar auksionga qo‘yiladi
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
12:18 / 17.03.2026