Jamiyat | 10:56 / 29.03.2018
20759
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ayol eriga pichoq urdi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 26 mart kuni soat 02.00larda, Olaxamak qishlog‘ida yashovchi, uy bekasi, 1980 yilda tug‘ilgan N.S. uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1973 yilda tug‘ilgan L.P.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada L.P. kasalxonaga yotqizilgan. N.S. ushlangan.

Mavzuga oid