O‘zbekiston | 10:27 / 21.04.2020
4918
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari: elektron tanlov va tenderlar qanday o‘tkaziladi?

Moliya vazirligi elektron tanlov va tenderlarni o‘tkazish tartib-taomillarini belgiladi

2020 yil aprelda davlat xaridlari sohasidagi tender va tanlov savdolari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazila boshladi. Shu maqsadda ikkita maxsus elektron maydoncha: xarid.mf.uz va tender.mf.uz ochildi.

 Norma’ning yozishicha, xarid qilish tartib-taomilini, mazkur holda tanlov yoki tenderni tanlash bitta shartnoma bo‘yicha xarid qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlar qiymatiga bog‘liq:

Elektron tanlov yoki tender o‘tkazish tartibi amalda umumbelgilanganidan farqlanmaydi, o‘sha-o‘sha asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: xarid komissiyasi tuziladi, so‘ng hujjatlar ishlab chiqilib, tanlov (tender) o‘tkazilishi haqida e'lon beriladi, shundan keyin ishtirokchilardan takliflar qabul qilinadi, yakunlar chiqariladi va g‘olib bilan shartnoma tuziladi.

 Farqlanuvchi jihatlaridan biri – elektron tanlov va tender ishtirokchilarining zakalatlari haqidagi normalar kiritildi. Korporativ buyurtmachilar ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zaruratini va uning miqdorini o‘zlari belgilaydilar, u tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak. Budjet buyurtmachilari bilan bo‘lgan holatda, matndan kelib chiqilsa, zakalat kiritish majburiy. Elektron tanlov yoki tender g‘olibi aniqlanmaguncha kiritilgan zakalat operator tomonidan xatlanadi. 

 Tabiiyki, xarid komissiyasi a'zolarining o‘zaro va ishtirokchilar bilan muloqoti, shu jumladan hujjatlar aylanmasi elektron shaklda amalga oshiriladi. Buning uchun xarid komissiyasining har bir a'zosi va mas'ul kotibi, shuningdek xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi uchun shaxsiy kabinet ochiladi. Elektron tizim komissiya a'zolariga yopiq chatda, ishtirokchilar bilan esa ochiq chatda muloqot qilish imkonini beradi.

 Tanlov yoki tender yakunlariga ko‘ra qabul qilinadigan qarorlar elektron bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Xarid komissiyasi a'zolari ERIdan foydalangan holda uni imzolaydilar. Ko‘chirma portalda avtomatik ravishda e'lon qilinadi. G‘olib bilan shartnoma ham elektron shaklda tuzilib, taraflarning ERI bilan imzolanadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.

 Hujjat 13.04.2020 yildan kuchga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid