Raqobat qömitasining Navoiy viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan FERGANA AVTOMAT RASCHOT MÇJning murojaati böyiça “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali taşkil etgan eng yaxşi takliflarni tanlaş (tender) savdolarining qonunçilikka muvofiqligi yuzasidan örganiş işlari olib borildi.

Olib borilgan örganişlar natijasida buyurtmaçi taşkilot tomonidan ötkazilgan boşlanğiç qiymati 15,5 mlrd sömdan ortiq bölgan tanlov savdolarida "Raqobat töğrisida"gi qonun 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani qayd etildi. Xususan, savdolarda iştirokçilar uçun raqobatni çeklaydigan şartlar kiritilgani, tanlov hujjatlarida belgilangan talablar asosida takliflar töliq baholanmagani, şuningdek, takliflarni notöğri baholaş kabi bir qator qonunbuziliş holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlardan kelib çiqib, hududiy boşqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmaçi taşkilotga nisbatan “Raqobat töğrisida”gi qonun talablari buzilişi alomatlari bilan iş qözğatilib, işni körib çiqiş yakunlari böyiça moliyaviy jarima qöllaş haqida qaror qabul qilindi. Şu bilan birga, buyurtmaçi taşkilotning mansabdor şaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, belgilangan tartibda sud organlariga yuborildi.

Qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik maqsadida buyurtmaçi taşkilotga bajarilişi majburiy bölgan körsatma ham berilgan.

Ma’lumot örnida: maxsus komissiyaning mazkur qaroridan norozi bölgan tomon qömitaning apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega.