O‘zbekiston | 10:14 / 25.04.2024
2449
1 daqiqa o‘qiladi

XVJ ekspertlari O‘zbekistonda soliq islohoti bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etdi

Xalqaro valuta jamg‘armasi vakillari O‘zbekistonning amaldagi soliq tizimini o‘rgandi va uning natijalari bo‘yicha QQS, daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aksiz solig‘i bo‘yicha soliq siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalarni taqdim etdi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati hamda Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XVJning Fiskal masalalar departamenti soliq siyosati bo‘yicha katta iqtisodchisi Girten Mishels boshchiligidagi 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan soliq islohotini rejalashtirish bo‘yicha XVJ missiyasi ekspertlari taqdimot o‘tkazdi.

Mazkur missiya doirasida XVJ ekspertlari O‘zbekistonning amaldagi soliq tizimini o‘rganishdi va uning natijalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aksiz solig‘i bo‘yicha soliq siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalarni taqdim etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildi.

Mavzuga oid